FALOKAT HUSHYORLIKKA UNDAYDI

Hayotda kutilmagan holatlar  uchraydi. Bu ko‘pincha xalq tilida “falokat” deb ataladi. Ba'zan ehtiyotsizlik, ba'zida esa loqaydlikdan kelib chiqadigan bunday hodisalar odamni shoshirib qo‘yadi. Achinarlisi shundaki, gohida voqealar fojia bilan tugashi ham mumkin. Ana shunday holatlarning oldini olishda Favqulodda vaziyatlar vazirligi va uning joylardagi bo‘linmalari doimo shay holatda turishi talab etiladi. Zarur paytda turli nuqsonlar bo‘lmasligi uchun texnika vositalari sozligi, kerakli jihozlar va asbob-uskunalar vaqti-vaqti bilan ko‘zdan kechiriladi. 

 Ma'lumki, favqulodda vaziyatlarda xavfni bartaraf etish, qidiruv-qutqaruv ishlari bevosita mahalliy aholi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Ana shuni hisobga olgan holda bunday vaziyatlarda qanday ish tutish, nimalarga ahamiyat berish va zarur paytda tegishli birinchi yordamni tashkil etish bo‘yicha targ‘ibot-tushuntirish ishlariga ham e'tibor qaratiladi. 

  Yaqinda boshqarmamiz tomonidan ana shunday tadbirlardan biri, ya'ni “Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mintaqaviy qutqaruv otryadining imkoniyatlari bilan tanishuv” mavzusidagi tadbir juda qiziqarli tarazda o‘tkazildi.

 Tadbirni kirish so‘zi bilan ochgan  viloyat FV boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Umidjon Ahrorov  jamiyatimizda demokratik qadriyatlarni qaror toptirish, fuqarolarimizning axborot sohasidagi konstitusiyaviy huquqlarini ta'minlash, dunyoda va mamlakatimizda sodir bo‘layotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, voqea-hodisalar haqida tezkor va haqqoniy ma'lumotlar yetkazish borasida yig‘ilganlarga batafsiz tushuncha berdi. 


Shuningdek, favqulodda vaziyatlarning olidini olishda fuqarolarimizga tezkorlik bilan xabarlar yetkazish, ularni sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan turli xavflardan ogohlantirish sarosimaga tushish holatlarining oldini olishda targ‘ibotning ahamiyati haqida batafsil to‘xtaldi. 

  Tadbir amaliy ko‘rgazma shaklida o‘tkazilganligi bois unda ishtirokchilar qutqaruv otryadi tomonidan favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish hamda qidiruv-qutqaruv ishlarida foydalaniladigan maxsus asbob-anjomlar, texnikalar hamda qutqaruvchilar uchun yaratilgan imkoniyat va sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.


Ilhomjon BOQIYEV

Samarqand viloyati FVB

axborot xizmati boshlig‘i.

✅@ishtixonovozi

Мавзуга оид: