“Ayollar daftari”da ro‘yxatda turgan xotin-qizlar uchun sayyor qabul tashkil etildi

Samarqaand viloyat sudlari viloyat aholisining huquqiy  ongi va madaniyatini oshirish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib borish hamda viloyat sudlari raislarining tuman va shaharlarda fuqarolar uchun sayyor qabullari tashkil etilmoqda. Yaqinda tumanimizdagi Beshbola MFY ga qarashli Beshbola, Oqtosh, Go‘zalkent qishloqlarida yashovchi “Ayollar daftari”da ro‘yxatda turgan xotin-qizlar uchun sayyor qabul tashkil etildi.

 Sayyor qabulda viloyat jinoyat ishlari bo‘yicha sudi raisi B.Jumaboev, viloyat iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudi raisi N.Yusupov, viloyat fuqarolik ishlari bo‘yicha sudi raisi Z.Ravshanovlar, shuningdek tuman sudlari raislari ishtirok etishdi.
Sayyor qabul jarayonida ishtirok etgan xotin-qizlar asosan turli huquqiy masalalar, jumladan, aliment undirish, kredit, nafaqa yuzasidan murojaat qilishdi.

  Beshbola MFY bo‘yicha “Ayollar daftari”da  22 nafar ayollar ro‘yxatga olingan. Sayyor qabulga kelgan Oqtosh qishlog‘ida istiqomat qiluvchi D.Sindorova turmush o‘rtog‘i boshqa ayol bilan shar’iy nikohda yashayotganligi sababli 2020 yilning mart oyidan buyon akasining uyida yashab turganligi  sababli ajrim masalasida yordam so‘radi. Chamangul Salimova esa farzandiga otalikni belgilashda huquqiy yordamgamuhtoj ekanini bildirdi.

Shuningdek, bolalarga yoshga doir to‘lanadigan nafaqalar, ishga joylashish kabi masalalar yuzasidan ham murojaatlar bo‘ldi. 
Asosiysi, qabul jarayonida hech bir murojaat e’tiborsiz qoldirilmadi. Ularga murojaatlari yuzasidan zarur yo‘l-yo‘riqlar va huquqiy maslahatlar berildi.

Olim QO'CHQOROV.

✅@ishtixonovozi