AHOLINI RO'YXATGA OLISH JARAYONIDA MA'LUMOTLARNI YIG'ISH

Ushbu hujjatda quyidagi uchta ma'lumotni yig'ish texnologiyasi ko'rib chiqiladi: Internet jahon tarmog'i orqali javob berish; telefon orqali so'rov o'tkazish va portativ qurilmalardan foydalanish (masalan, planshet, noutbuk, smartfon yoki mobil telefonlar). Ushbu texnologiyalar bugungi kunda ba'zi bosqichlarda bir vaqtning o'zida ma'lumotlarni yig'ish va qayta ishlash imkonini beradi.

Ushbu hujjatda, shuningdek, yangi texnologiyalar yordamida ma'lumotlarni yig'ish bo'yicha yanada samarali operatsiyalar va ro'yxatga olish maqsadida ma'muriy registrlar ma'lumotlarga kirish vositalarini ishlab chiqish uchun texnologiyalardan foydalanish masalalari bo'yicha yaratilgan imkoniyatlar muhokama qilingan. Javoblarni internet jahon tarmog'i orqali taqdim etish usuli internetdan ma'lumotlarni to'plash vositasi sifatida foydalanish, ro'yxatga olish jarayonida ma'lumot to'plash, odatda, shaxsiy so'rovdan ko'ra o'z-o'zini ro'yxatga olish usuli bilan amalga oshirilishi kerakligini anglatadi. Internetdan foydalanish hollari an'anaviy tarzda so'rovnomalarni res-pondentlarga yetkazish va yig'ish usullariga (masalan, pochta orqali xatlarni yetkazib berish, yig'ish, shuningdek, ularni jo'natish va qaytarish kabi) qo'shilishi mumkin. Ko'rib chiqish uchun asosiy omil - axborot yig'ish ustidan nazoratni amalga oshirish, ya'ni, har bir xonadon va har bir shaxs faqat bir marta hisobga olinishi kerak. Bu har bir uyni (va har bir xonadonni) geografik joylashuvi bilan bog'lash imkoniyatini talab qiladi. Ro'yxatga olish savolnoma varaqalari ro'yxatga oluvchilar tomonidan to'playdigan (pochta orqali yuborilmaydigan) mamlakatlar uchun qo'shimcha murakkab omil - bu ro'yxatga oluvchilar ro'yxatga olish varaqalarini to'ldirib yuborgan uy xo'jaliklariga tashrif buyur-magan holda ma'lumotni yig'ish jarayonida o'z ma'lumotlarini yangilash uchun yetarli darajada fikr-mulohaza yuritish zaru-riyatining mavjudligidir.

Internet usulidan foydalanishning potentsial darajasi internetga kirish imkoniga ega bo'lgan aholining ulushini, keng polosali xizmatlardan foydalanadigan aholining ulushini, shuningdek, internetdan boshqa maqsadlarda foydalanish-ning umumiy ko'rsatkichini (masalan, onlayn bank operatsiyalari, soliq deklaratsiyalarini to'ldirish, xaridlar) aniqlash orqali baholanishi kerak. Shuni ta'kidlash kerakki, respondentlarning ayrim maqsadli guruhlari (masalan, shahar joylardagi yoshlar) internet jahon tarmog'i orqali ro'yxatga olish savolnomalarini to'ldirishni afzal ko'rishlari mumkin.   Shuning uchun bunday respondentlarga qog'ozda yozish varaqalarini yetkazib berish shart emas. Faqat internet jahon tarmog'i orqali javob berish xizmatiga kirish haqida ma'lumot yuborish imkoniyatini ko'rib chiqish kerak.

Bundan tashqari, internet jahon tarmog'i orqali ro'yxatga olish savolnoma varaqalarini to'ldirib jo'natish imkonini beruvchi tizimlar va jarayonlarni ishlab chiqish kerak. Bu xarajatlarni ko'paytirishga olib kelishi mumkin, ammo boshqa tomondan, ro'yxatga oluvchilar ish yuklamasining pasayishi va ma'lumotlarni kiritish xarajatlarini kamayishi, shuningdek, so'rovnomalarning nashr etish va pochta jo'natmalari uchun xarajatlarni tejash imkoniyati mavjud. Biroq, qog'ozli ro'yxatga olish varaqalaridan foydalanganda skanerlash va belgilarni aniqlash allaqachon mavjud bo'lgan samarali texno-logiyalardir.  Shu nuqtai nazardan, ma'lumotlarni kiritish xarajatlarini kamaytirish orqali erishilgan mablag'larni tejash internet tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish xarajatlariga nisbatan kamroq bo'lishi mumkin.


Ishtixon tuman 

statistika bo'limi.

@ishtixonovozi

Мавзуга оид: