YANGI O'ZBEKISTON YANGI ISLOHOTLAR, YANGI BOSQICHLAR, YANGI MARRALAR

O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so'ng qanchadan-qancha islohotlar yo'lidan, rivojlanish bosqichlaridan o'tdi. Ustuvor vazifalar belgilandi va amalga oshirildi. Dunyo hamjamiyatining yurtimizga bo'lgan munosabati keskin o'zgardi.

Xorijiy davlatlar bilan tashqi iqtisodiy va siyosiy aloqalarimiz mustahkamlandi. Mustaqillikni qo'lga kiritganimizga 30 yil to'lgan bo'lsada, shu  yillar ichida amalga oshirilgan islohotlar, ishlar ko'lami beqiyosdir.

Kelajakka katta umid va ishonch bilan qarab, hamisha sabr-matonat bilan yashagan o'zbek xalqi ham 1991 yil 31 avgustda muqaddas orzusiga erishdi - jonajon Vatanimiz o'z davlat mustaqilligini qo'lga kiritdi.

Hech shubhasiz, istiqlol yillarida yurtimizda yangi davlat va jamiyat qurish yo'lida tarixiy ishlar amalga oshirildi, mard va oliyjanob xalqimizning bukilmas irodasi va ulkan salohiyati bilan katta marralar zabt etildi. Tarixan qisqa muddatda mamlakatimiz Konstitutsiyasi - Asosiy qonunimiz ishlab chiqildi va qabul qilindi. Vatanimiz suveren davlat sifatida jahon hamjamiyatidan munosib o'rin egalladi. O'zbekistonda zamonaviy davlatchilik asoslari yaratilib, konstitutsiyaviy tuzumga asos solindi. 

Qadimiy tariximiz, boy madaniy merosimiz, milliy-diniy qadriyatlarimiz, o'zligimiz tiklandi.    

Mamlakatimizni har tomonlama taraqqiy ettirish, uning jahon miqyosidagi shon-shuhratini oshirishga katta hissa qo'shish, davlatimiz iqtisodiyoti va aholi farovonligini yuksaltirishda qilinayotgan islohotlar, jamiyatimizda tinchlik va barqarorlikni, millatlararo totuvlik va bag'rikenglikni ta'minlash borasida olib borilayotgan ishlar, eng asosiysi, barcha qilinayotgan ishlar, xalqimizni rozi qilish uchun amalga oshirilayotgani buning yorqin misolidir. 

Mustaqilligimizning 30 yilligi barchamizga xayrli va muborak bo'lsin!  


Mutallib RAHIMOV, 

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputati.   

@ishtixonovozi